Hashar birdamlikka undaydi.
Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Energetika sohasi vakillari tomonidan bino-inshootlar atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda milliy bayramlarimiz arafasida ko‘chalarni, mahallalarni va yon-atrofni ko‘rkam va ozoda holatga keltirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu ezgu odat tufayli atrofimiz o‘zgacha chiroy kasb etadi. O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.