Maxsus texnikalar soni to‘rttaga ortdi.
So‘nggi yillarda elektr energetikasi sohasini jadal rivojlantirish, elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Yildan yilga elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasidagi ish ko‘lami tobora kengayib bormoqda.
Bunday hollarda qurilish va montaj ishlarini amalga oshirishda qo‘l keluvchi maxsus texnikalar xizmatiga ehtiyojning ortishi shubhasizdir. Shu sabab, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Buxoro HETK” AJ uchun to‘rt dona yamabur maxsus texnikasi yetkazib berildi. Olib kelingan yamabur maxsus texnikalari soha xodimlari og‘irini yengil qilishi bilan bir qatorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi va mehnat unumdorligini oshishiga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati