“Buxoro HETK” AJ: SPORT – SOG‘LOM TURMUSh GAROVI

“Buxoro HETK” AJda kichik futbol o‘yingohi tayyor holatga keltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish tashabbusidir. Shu sabab “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosining ichki qismida kichik futbol o‘yingohi qurildi. Jamiyat rahbariyati tomonidan sohada faoliyat yuritib kelayotgan yosh mutaxassislarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, futbol musobaqalarini tashkil qilish orqali xodimlarning ma’naviy hordiq olishlariga ko‘maklashish, qolaversa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni turli kasalliklardan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish, sportga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Hozirda kichik futbol o‘yingohida tabiiy chim qoplamasi o‘stirilgan bo‘lib, atrofi o‘rab olingan hamda futbol musobaqalarini o‘tkazish uchun tayyor holatga keltirilgan.
Karantin tugagach ushbu kichik futbol o‘yingohida tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari o‘rtasida futbol musobaqalarini doimiy ravishda tashkil qilib borish ko‘zda tutilgan. Zero sog‘ tanda sog‘lom aql, deydi dono xalqimiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

Buxoro shahrining bir qator mahallalarida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ Podstansiyalar xizmatgohi va Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi mutasaddi xodimlari tomonidan “Zarafshon 35\6” podstansiyasidan chiquvchi Ark hamda Shahar  6 kVli fiderida rekonstruksiya qilinib, 400 metr uzunlikdagi kabel tarmog‘i yangilandi. Natijada shaharning “F.Xo‘jaev”, “G‘afur G‘ulom”, “M.Ashrafiy”, “Chorbaxosa”, “Mirzo Ulug‘bek”, va “Al Buxoriy” MFY hududlarida istiqomat qiluvchi 5500dan ziyod axolining sifatli elektr energiyaga bo‘lgan talabi qondirilibgina qolmay, tarmoqda yuklamaning oshishi natijasida tez-tez kuzatilayotgan  avariyali o‘chishlarning oldini olinishiga ham erishildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxoro shahri “Adolat” ko‘chasida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahri “Adolat” ko‘chasida istiqomat qiluvchi elektr energiyasi iste’molchilarining sifatli, me’yor darajasidagi energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, qo‘shimcha ravishda, shahar tipidagi GKTP 630 kVli transformator punkti, 10 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 500 metr uzunlikdagi SIP kabellari tortildi.

Natijada hududda joylashgan bir qator ko‘p qavatli uylar hamda xonadon egalarining sifatli elektr energiyaga bo‘lgan talabi qanoatlantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi uchun ayni harorat yuqori bo‘lgan kunlarda quvonch bag‘ishladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.