Olot tumanidagi talofatlar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida kuchli shamoldan keyingi talofatlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarni ta’mirlash, tiklash jarayonlarining olib borilayotganligi ham shular jumlasidandir. Ayni damda Olot tumanida zararlangan 1062 km uzunlikdagi havo tarmoqlarining 989,8 km havo tarmog‘i, 326 ta transformator punktlaridan 299 ta transformator punktlari ta’mirlanib, 21 103 ta elektr energiyasi iste’molchilaridan 18 591 ta xonadonning elektr energiyasi ta’minoti tiklandi. Elektr uzatish tarmoqlaridagi talofatlarni tiklash uchun 718 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi.