Mini-futbol musobaqasi

30 – iyun “Yoshlar kuni”  munosabati bilan korxonaning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan belgilangan dastur asosida 22 iyun kuni  “Buxoro HETK”  AJ hamda  Tuman, Shahar elektr tarmoqlari  korxonalarining 30 yoshgacha bo‘lgan  336 nafar yosh mutaxassislari o‘rtasida  futbol musobaqasi o‘tkazildi va dam olish kunini ko‘ngildagidek o‘tishiga xizmat qildi.

Musobaqada faol qatnashib yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar  Kasaba uyushmasi qo‘mitasi  raisi tomonidan maxsus o‘rin va sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

1-o‘rinni egallagan Jondor TETK  yoshlariga;

2-o‘rinni Qorako‘l TETK yoshlariga;

3-o‘rinni Izolyatsiya va yuqori kuchlanishdan himoya qilish xizmatgoxi yoshlariga berildi.

 

 

 

 

 

 

Eng ko‘p to‘p urgan yosh sportchi Shoxrux Shodmonov va eng yaxshi darvozabon nominatsiyasi g‘olibi Farrux Aldashev deb topildi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi

Ijtimoiy masalalar va mehnat muhofazasi bo‘yicha 2019 yil uchun bajarilishi muhim bo‘lgan kelishuv tadbirlari asosida 2019 yilning 15 iyun kuni “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o‘tkazish hamda korxonaning elektr uskuna va qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar brigadalari o‘rtasida “Kasb mahorati” musobaqasi o‘tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ tasarrufidagi barcha tuman, shahar elektr tarmoqlari korxonalarining  mahoratli  mutaxassislarini  Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasida jamlagan holda o‘tkazilgan  “Kasb mahorati” musobaqasi barchaga birdek yuqori va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Musobaqani “Buxoro HETK” AJning Ekspluatatsiya va texnik savollar bo‘yicha direktori ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqada g‘olib chiqqan jamoalar munosib taqdirlandilar.

1 – o‘rin Shofirkon TETK tezkor dispetcherlik xizmati jamoasi

2 – o‘rin Shahar ETK jamoasi

3 – o‘rin Buxoro TETK jomoasi

va quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha xodimlar rag‘batlantirildilar:

  1. O‘z ishining ustasi bo‘yicha Kogon TETK ustasi – Eshov Xusan
  2. Eng bilimdon usta ish rahbari bo‘yicha Shahar ETK ustasi – Do‘stov G‘olib
  3. Eng bilimdon ish boshi elektromontyori bo‘yicha Qorovulbozor TETK tezkor  dispetcherlik elektromontyori – Mansurov Shaniyor
  4. Eng yosh bilimdon mutaxassis – Do‘stov Z.
  5. Eng yosh bilimdon elektromontyor bo‘yicha Peshku TETK elektromontyori – Fattoyev Faruxlar tanlovda g‘olib chiqib munosib taqdirlandilar.

EHNAT (ASKUE) bo'yicha Kogon shahrida o'tkazilgan o'quv seminari to'g'risida

2019 yil 4 iyun kuni Kogon shahar hokimligi binosida Kogon shahar va Kogon tumanida EHNAT (ASKUE) tizimini o‘rnatish ishlari boshlanganligi sababli, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan  Kogon shahar hokimiyati, Kogon shahar va tuman faollari uchun o‘quv seminari o‘tkazdilar.

O‘quv seminarni boshlab bergan Kogon shahar hokimi H.I.Hoshimov EHNAT (ASKUE) tizimining afzalliklari va foydali taraflari to‘g‘risida gapirib, Kogon shahar va tuman hududidagi elektr energiya iste’molchilariga tez fursatda ushbu tizim elektron elektr hisoblagichlari o‘rnatilishini aytib o‘tdilar.

So‘zga chiqqan “Buxoro HETK” AJ Moliya iqtisod va energiya sotish bo‘yicha direktori I.R.Aslonov tizim haqida, o‘rnatish tartiblari, muddatlari to‘g‘risida gapirib, iste’molchiga o‘rnatiladigan elektr hisoblagichlar haqida ma’lumot berdilar.

Shundan keyin «KT Corporation» kompaniyasining  Buxoro viloyati bo‘yicha menedjeri janob Xak Su Kim tomonidan tadbiq etiladigan EHNAT (ASKUE) tizimi to‘g‘risidagi  taqdimot ko‘rsatildi va tushuntirildi.

O‘quv seminari oxirida zalda yig‘ilgan Kogon shahar va tuman faollarining EHNAT tizimi bo‘yicha qiziqtirgan barcha savollariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.