EHNAT (ASKUE) loyihasini tadbiq etish doirasida amaliy uchrashuv

2019 yil 27 mayda  “Buxoro HETK” AJ ning EHNAT server xonasida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan «KT Corporation» kompaniyasining xalqaro innovatsion loyihalarni joriy qilish bo‘yicha vitse-prezidenti Hwang Wook Un va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmasi asosida pudratchi KT Corporation tomonidan amalga oshirilayotgan “Markazlashgan EHNAT tizimi” loyihasi menedjeri Kim Young Suk o’rtasida amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Konstruktiv tarzda o’tgan uchrashuvda tomonlar EHNAT (ASKUE)  loyihasini tadbiq etish bo’yicha Buxoro shahri va G’ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlarni va  kelgusida  ushbu loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalarni muhokama qilib oldilar.

Xususiy aksiyalarni sotib olish

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va «Buxoro XETK» AJ ustaviga asosan jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

I. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra;

II. Aksiyalarni keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyatning Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra;

III. Aksiyadorlarning talabiga ko‘ra, agar ular aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida quyidagi qarorlar qabul qilishda qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa:

a) Jamiyatni qayta tashkil etish;

b) Joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish;

v) O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 84-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim tuzish;

g) Jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash.
Jamiyat tomonidan o‘z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
«Buxoro HETK» AJ ayni vaqtda jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.

"Eng faol yosh ishchi kasb egasi" ko'rik tanlovi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Qo‘shma qaroriga muvofiq, 2019 yilning 30 aprel kuni “Buxoro HETK” AJ kichik majlislar zalida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi doirasida “Elektromontyor” nominatsiyasi bo‘yicha 25 yoshgacha bo‘lgan korxona xodimlari orasida ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda faol qatnashgan 9 ta faol ishtirokchilardan ko‘rik tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra:

1-o‘rin – Izolyatsiya va yuqori kuchlanishdan himoya xizmatgoxi elektromontyori Jahongir Axmedovga;

2-o‘rin – Jondor tuman ETK elektromontyori Mizrobjon Suvonovga;

3-o‘rin – Liniyalar xizmati elektromontyori Navro‘z Ilyasovlarga berildi.

Tanlov sovrindorlari maxsus sovg‘alar  hamda  faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.