2018 yilda amalga oshirilgan va 2019 yilgi vazifalar to'g'risida
Buxoro viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida
2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilgi vazifalar to’g’risida ma’lumot
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” tomonidan viloyatimizning jami 407 474 ta, shu jumladan, 387 641 ta maishiy iste’molchisi va 19 833 ta ulgurji iste’molchisiga sifatli va mustahkam elektr energiyasi yetkazish maqsadida, korxonamiz hisobidagi 14 481,39 km 0,4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari, 4580 dona 6-10/0,4 kV transformator punktlari, 14 24,74 km 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 87 dona nimstansiyalar ekspluatatsiya qilinib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi PK-3849-sonli «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonamiz tomonidan joriy yilda 2121,5 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 667 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 143,93 km 35-110 kVli tarmoqlar, 5 dona 35-110 kVli kuch transformatorlari mukammal ta’mirlandi va 3653,2 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 1334 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 638,4 km 35-110 kVli tarmoqlar va 42 dona 35-110 kVli nimstansiyalar joriy ta’mirlanib, 1 mlrd 596,6 mln.so’m mablag’ sarflandi.
Shuningdek, o’ta yuklanish bilan ishlayotgan 21 dona transformatorlar yuqori quvvatliga almashtirildi, 23 dona har xil quvvatli zahira transformatorlar zahirasi yaratildi. Shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida kuz-qish mavsumida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 15 ta avariyani bartaraf etish brigadalari tashkil etilib, ular aloqa vositalari va 15 ta avtotransport vositalari bilan ta’minlandi hamda 11,2 tonna transformator moyi zahirasi yaratildi.
Viloyatdagi ijtimoiy soxa ob’yektlarini elektr energiya bilan ta’minlovchi 3066,8 km elektr uzatish tarmoqlari va 645 dona transformator punktlari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.
Uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan va ma’nan eskirgan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli “2017-2021 yillar davrida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha quyidagilar amalga oshirildi:
Dastur davomida 2017 yilda 487.0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 102 dona transformator punktlari qurilib, 22 mlrd 107,1 mln.so’m mablag’ sarflandi, 2018 yilda 739,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 182 dona transformator punktlari qurilib, 37 mlrd 827,3 mln.so’m mablag’ sarflandi hamda 2019 yilda 753,9 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 358 dona transformator punktlarini qurish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlar kelgusi yillarda ham davom ettiriladi.
Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyat bo’yicha 54 ta mahalladagi 95 855 dan ortiq aholi xonadonlariga, tadbirkorlik sub’yektlariga va ijtimoiy soxa ob’yektlariga yetkazib berilgan elektr energiyasining sifat parametrlari yaxshilandi.
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun barcha zaruriy choralar ko’rilganligini ma’lum qilamiz.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo’yicha 2019 yilgi vazifalar
“Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish” Dasturi doirasida 2019 yilda jami 753,9 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 358 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
“Obod qishloq” Dasturi bo’yicha 305,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 99 ta transformator punktida yangi qurilish va ta’mirlash ishlari bajariladi.
Elektr uskunalarni 2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 2337,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 683 ta transformator punkti mukammal ta’mirlanadi.
Viloyatda qurilayotgan namunaviy uy-joylar, hokimiyat rahbarlari xizmat uylari, profilaktika inspektorlari, harbiy xodimlari uylari hamda yosh oilalar uchun uylar va shaharlardagi arzonlashtirilgan ko’p qavatli uy-joylar elektr ta’minoti uchun jami 21,2 km elektr uzatish tarmoqlarni qurish va 28 ta transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.