Hayotov Baxodir Baxronovich
Jamiyatni boshqarishda Bosh Direktor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energiyasidan ratsional foydalanish to’g’risida” Qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energetika to’g’risida” Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, “Buxoro HETK” – aksiyadorlik jamiyati Ustaviga va boshqalarga tayanadi.
Bosh direktor aksiyadorlik jamiyatining moliya-iqtisodiy, ishlab chiqarish faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.
Bosh direktordirektor o’rinbosarlari, xizmatgoh va bo’lim boshliqlari o’rtasida ishlar taqsimotini va javobgarlik darajasini belgilaydi, ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyati bo’yicha xizmatgoh va bo’limlar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil qiladi, korxonaning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, aksiyadorlik jamiyatiga invsetorlarni jalb qilishni takomillashtirish, ishlab-chiqarish intizomini mustahkamlash, ma’lumotlarning xavfsizligini va saqlanishini ta’minlaydi.
Korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlilqilish, biznes-reja, to’lanayotgan soliq va boshqa to’lovlarini korxonaning olayotgan foydasini, aylanma mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.