YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI O’RNATILMOQDA

Buxoro shahar “Sifatmuniy” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Abdulazim Somiy ko’chasida joylashgan 20 ga yaqin ko’p qavatli uylardagi 900dan ortiq xonadon hamda hududdagi tadbirkorlik ob’ektlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 630 kVA quvvatga ega bo’lgan qo’shimcha 4 dona transformator punkti olib kelindi. Hozirda o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Shahar tipidagi transformator punktlarida montaj ishlari bajarilib, ishga tushurilishi natijasida mahalladagi elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.


Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari aloqa kabellarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning (65) 225-59-52; (65) 225-72-73 dispetcherlik xizmati raqamlari hamda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining (65) 225-69-55 telefon raqamlari faoliyatida 2022 yil 9 noyabr kuni soat 09:00dan 19:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.









