"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilib, havo elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda

Buxoro shahar “Moxixossa” mahalla fuqarolar yig’ini Moxixossa ko’chasi aholisi hamda tadbirkorlarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to’g’risida”gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan qo’shimcha ravishda quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatib berildi. Yangi havo elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 45 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatildi.
Hozirgi kunda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan himoyalangan SIP kabellarini tortish ishlari bajarilmoqda.


“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yashil makon – dolzarb 40 kunlik

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʼkalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish boʼyicha bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari jamoasi ham faollik koʼrsatib, mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini o’tqazmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Davlat tili to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Buxoro HETK” AJda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Buxoro viloyati musiqali drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan “Imom-Al Buxoriy” spektaklidan parcha namoyish etildi. Tadbir davomida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “O’zbek tili” kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori Yunusova Gulandom Samiyevna tilimizning jamiyatimiz madaniy, siyosiy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan fikr va mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

Shuningdek, tadbir qiziqarli bahru bayt bahslariga aylanib ketdi. Tadbir yakunida “Buxoro HETK” AJ xodimlari ham she`rxonlikda biror bir soha vakillaridan ortda qolmasliklarini namoyish qildilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar

Buxoro shahar aholisi, iltimoiy soha ob’yektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatori yetkazib berildi. Mazkur quvvatdagi kuch transformatorini “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasida o’rnatilishi belgilangan. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida “Markaziy” 110/35/6 podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, olib kelingan 63 000 kVAli transformatorga almashtiriladi.
Hozirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan montaj ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Aholi murojaatlari o’z yechimini topmoqda.

Kuni kecha viloyatimizning Gijduvon tumani “Chorsu” MFY Chorsu ko’chasi hamda “Gulistonobod” MFY Boyxotin qishlog’i aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolar yuzаsidan qilingan murojaatlarni bartaraf qilish, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan turli quvvatga ega bo’lgan transformator punktlari hamda qurilish materiallari yetkazib berildi.

Hozirda G’ijduvon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Qurilish va montaj ishlarini qisqa muddatda sifatli qilib bajarilishi bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro HETK” AJda bayram tadbirlari tashkil etildi

1 – oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda uzoq yillar davomida energetika sohasida samarali mehnat qilgan, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda benihoya ulkan hissasini qo‘shgan soha fidoyilari, ustozlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida energetiklar uchun sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlarimiz, energetika sohasi faxriylari bugungi kundagi o‘zgarishlarni, sohaga berilayotgan yuqori darajadagi e’tiborni ko‘rib, shodlandilar va benihoya xursand bo‘lgan holda yosh energetiklarga, shogirdlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Shu bilan bir qatorda yoshlik chog‘lari qaytib kelsa o‘zlarini yana elektr energetikasi sohasida ko‘rishlarini va ushbu sohada mehnat qilganliklaridan bir umr shodlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Erta tongdan tashkillashtirilgan bayram tadbirida to‘kin dasturxon to‘shaldi va dasturxonga nahor oshi tortildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining mehnati eʼtirof etildi.

Buxoro shahar “Zarafshon” MFY hududida amalga oshirilgan keng koʼlamli qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbari Baxtiyor Roʼziyevga Buxoro viloyati prokurorining tashakkurnomasi topshirildi.
“Zarafshon” MFYdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 630 kVА quvvatdagi transformator punkti oʼrnatilib, 300 metr uzunlikdagi yer osti kabellari yangilangan. Shuningdek, koʼp qavatli uylarning ichki elektr tarmoqlarini taʼmirlab, tartibga keltirish ishlariga koʼmak koʼrsatilgan.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.