"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (1-4 sentyabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Nurobod obod manzilga aylanmoqda.

Bugun yurtimizda har bir hududni obod manzilga aylantirish, u yerda istiqomat qiluvchi aholiga yanada qulay yashash sharoitlarini qaror toptirish uchun manzilli dasturlar shakllantirilib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Albatta hududlar obodligini ta’minlanishi barobarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash ishlariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ” AJ tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamiyat tarkibidagi Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Tinchlik” MFY Nurobor ko’chasida qurilish va montaj ishlari olib borildi. Belgilangan chora-tadbirlar asosida hududga 13 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan 7 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda quvvat oshirilib, qo’shimcha kuch transformatorlari o’rnatildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Istiqlol” telekanalining “Hudud yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil 👉 @buxenergo

 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarda quvvat oshirilib, qo’shimcha kuch transformatorlari o’rnatilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida 4 dona nimstansiyalarda quvvat oshirilib, 3 dona nimstansiyada qo’shimcha kuch transformatorlari montaj qilindi va ishga tushirildi.

Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholi hamda tadbirkorlarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati hamda Yuridik bo’lim boshliqlari tomonidan jamiyat tarkibidagi Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi . Joylarda o’tkazilayotgan keng ko’lamli targ’ibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korrupsiyaga yo’l qo’yib kelayotgan xodimlarning uchrayotganligi, bunday holatga yo’l qo’yganlarga nisbatan jazo muqarrarligi bo’yicha tushintirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning birdek vazifamiz ekanligi hamda korrupsiya soha rivojiga to’siq bo’lishligi alohida ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati