Bir lahza beparvolik, so’ngi nafasga aylanishi mumkin.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari bu tanlov emas, seni farzandlaring kulgusi oldidagi majburiyatingdir.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
G’ijduvon tumani elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz qish mavsumini betalofat o’tkazish uchun reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
🖕 Jarayon tavsilotlari bilan “Zo’r TV» telekanalining «Bu kun” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.



Avval xabar berganimizdek aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, hududlardagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida transformatorlar punktlarining texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilib, fazalararo yuklamalarni teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.
✅ Amalga oshirilayotgan ishlar elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga, hamda tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.






Bugun kunda har bir xonadonni yorug’lik, har bir oila va tadbirkorni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan taminlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mavjud elektr tarmoqlari yangilanmoqda, eskirgan simyog’ochlar o’rniga mustahkam temir beton tayanchlar o’rnatilmoqda, taransformator punktlari ko’rikdan o’tkazilib, ularning quvvatlari oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda yangi elektr tarmoqlari tortilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yanada yaxshilanmoqda.
✅ Batafsil
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati









Ushbu nufuzli musobaqada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tatariston, Turkiya hamda Oʻzbekiston Respublikalari taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi elektromontyorlaridan iborat jami 6 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar texnik tayyorgarlik, jarohatlangan xodimga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda elektr qurilmasida yuzaga kelgan yongʻinlarni bartaraf etish shartlari oʻz bilim va tajribalarini sinovdan oʻtkazdilar.



Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Shu doirada hududdagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida transformatorlarning texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu esa sovuq kunlarda ham aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishiga xizmat qiladi.
✅ Asosiy maqsad – iste’molchilarni elektr ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va qulay sharoit yaratishdir.

“Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ jamoasi barchangizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi!
Mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar tilaymiz.
Sihat-salomatlik, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamisha Sizga yor boʻlsin!



Iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida keng ko’lamli modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, viloyatimizning G’ijduvon tumanidagi bir qator massivlarda elektr uzatish tarmoqlari tortilib, yangi transformator punktlari ishga tushurildi. Xuddi shunday tumanning “Zarafshon” MFY Yangirabod qishlog’ida ham qizg’in ish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ayni damda hududga 20 dan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari olib kelingan bo’lib, maxsus texnikalar yordamida rostlanmoqda. Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini qurish va 1000 metr uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari rejalashtirilgan.



Kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Olot tumanidagi “Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari amalga oshirildi.

| ETK nomi | Joylashgan hududi | Manzili |
| Olot ETK | Olot tumani | Do’stlik ko’ch., 4 |
| Buxoro ETK | Buxoro tumani | Axmad Donish ko’ch., 18 |
| Vobkent ETK | Vobkent tumani | G’alaba ko’ch., 1 |
| G’ijduvon ETK | G’ijduvon shahri | Galaba ko’ch., 59 |
| Kogon ETK | Kogon shahri | Maxmud Torobiy ko’ch.,77 |
| Qorako’l ETK | Qorako’l tumani | Ulug’bek ko’ch.,96 |
| Qorovulbozor ETK | Qorovulbozor tumani | Cho’lquvar ko’ch.,1 |
| Peshko’ ETK | Peshko’ tumani | Do’stlik ko’ch.,3 |
| Romitan ETK | Romitan tumani | Nurafshon ko’ch.,12 |
| Jondor ETK | Jondor tumani | S.Rajabov ko’ch.,11 |
| Shofirkon ETK | Shofirkon tumani | S.Raximov ko’ch., 10 |
| Buxoro shahar ETK | Buxoro shahri | Sanoatchilar ko’ch.,1/1 |
| ETK nomi | Boshliq ismi, sharifi | Тelefon | |
| kod | nomer | ||
| Olot ETK | Nabiyev G‘anisher Egamberdievich | 34 | 2-30-04 |
| Buxoro ETK | Sharopov Komiljon Xojimurotovich | 54 | 2-54-95 |
| Vobkent ETK | To’rayev Jasur Baxtiyorovich | 33 | 2-14-08 |
| G’ijduvon ETK | Nurulloyev Abdullo Aslonovich | 57 | 2-37-84 |
| Kogon ETK | Jo’rayev Muxammad Ortiqovich | 52 | 4-43-00 |
| Qorako’l ETK | Hamroyev Alisher Shonazarovich | 56 | 5-23-62 |
| Qorovulbozor ETK | Aslonov Bo’ston Rustamovich | 36 | 4-41-03 |
| Peshko’ ETK | Saidov Shahrillo Sayfulloyevich | 35 | 3-28-68 |
| Romitan ETK | Abdullayev To’shpo’lot Mustafo o’g’li | 55 | 2-17-88 |
| Jondor ETK | Usmonov Oybek Rashidovich | 58 | 2-18-85 |
| Shofirkon ETK | Mansurov Mo‘min Ismat o‘g‘li | 50 | 2-21-54 |
| Buxoro shahar ETK | Ro‘ziyev Baxtiyor Jo‘raqulovich | 22 | 5-37-90 |