"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Shofirkon” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash jarayonida soha mutaxassislari tomonidan elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi va sinovdan o’tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon:  Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Afshona” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus texniklar yordamida soha mutaxassislari salqi simlarni tortib, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “KC-1” 110/35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda. Shuningdek, elektr qurilmalarining estetik holati yaxshilanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholi murojaatlari yechim topmoqda.

Buxoro shahar “Abduxoliq Gijduvoniy” MFY Orifon ko’chasi aholisining elektr energiyasi ta’minotida quvvat pastligi bo’yicha qilgan murojaati Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o’rganildi va hudud elektr energiyasi ta’minoti yaxshilash maqsadida 12 dona temir-baton tayanchlar o’rnatilib, 1500 metr uzunlikdagi 0.4-6 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’i tortildi. Shuningdek, korxonaning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib qo’shimcha 160 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Buning natijasida hudud elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaroro elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Dasturni  ko‘rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr uzatish tarmog’i yangilanmoqda.

Buxoro shahrining “Foshun” hamda “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan “6 – kichik tuman” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ining bir qismida yangilash ishlari olib borilmoqda. Hududga Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 6 dona mustahkam temir – beton tayanchlari tiklandi. Endilikda havo elektr uzatish tarmog’idagi simlarni yangilash ishlari olib borilmoqda. Montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hudud aholisi va tadbirkorlari yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi tomonidan jamiyat tarkibidagi Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Ish_jarayonidan_fotolavhalar

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Gijduvon” 110/35/10 hamda “XZK” 35/10 kV podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf qilindi va sinovdan o’tkazildi.
Shuningdek, podstansiyaning estetik holati yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati