"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Qayta tiklanuvchi energiya

Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida kuzatilayotgan energiya taqchilligiga barham berish, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay shart-sharoit va rag’batlantirish mexanizmlarini joriy qilish, maqsadida O’zbekiston respublikasi Prezidentining joriy yil 16 fevralda “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №57 sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ’ib qilish hamda tushuntirish maqsadida Buxoro shahrida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Ishtirokchilarga tegishli soha vakillari qatorida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi tomonidan qaror bo’yicha tushuntirish hamda muqobil energiya manbalari, ularning turlari haqida ma’lumot berildi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Subhonobod” 35/10 kV podstansiyasidagi 35 kVli moyli o’chirgichda mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Subhonobod” 35/10 kV podstansiyasidagi 35 kVli moyli o’chirgichda mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi va sinovdan o’tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida mahalla fuqarolari bilan suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Romitan tumani “Mirishkor” MFY hududida Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida mahalla fuqarolari bilan suhbat o’tkazildi.
Soha xodimlari “Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyat aholisi va ijtimoiy soha obektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida doimiy ravishda ishlar amalga oshirib kelinayotganligi, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik xavf-xatarlar bilan bir qatorda yana bir xavf bu ham bo’lsa jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat “Korrupsiya” balosi ekanligi misollar bilan batafsil tushuntirildi.
Bu illatning tarqalishiga to’sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot hodimlari vazifasi, balki barchamizning vazifamiz ekanligi aloxida ta’kidlab o’tildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy munosabat

“Zo’r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali Olot tumani “Bayot” MFY Qassob bayot qishlog’idan simyog’ochlarning holati bo’yicha qilingan murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida ichki imkoniyatdan kelib chiqib 14 dona temir beton tayanchlari o’rnatildi. Hozirgi kunda Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 0.4 kVli havo elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatlarda montaj ishlari yakunlanib, aholi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Agar Siz, elektr ta’minotiga oid korrupsion holatga duch kelsangiz, korrupsion harakatlar sodir etilganligiga oid holatlar guvohi bo‘lsangiz yoki shunday ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi” ishonch raqamlari orqali xabar berishingizni sо‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Umumxalq xayriya hashari bugun barchamizni birdamlik va ahillikka birlashtirdi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol qatnashdilar.

Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekish, daraxtlar ostini yumshatish, oqlash va shakl berish ishlarini hamjihatlikda olib bordilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati