Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) afzalliklari hamda siz yashayotgan xonadonda sarf qilinayotgan elektr energiyasi balansi va qoldiq haqida qanday tezkor ma’lumot olish mumkin?
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida past kuchlanishdagi elektr qurilmalari va ta’mirtalab transformator punktlarida bosqichma-bosqich joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jamiyat tarkibi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari usta-xodimlari elektr qurilmalarini ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, transformator punktlarining moy sathini me’yor darajasiga keltirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash hamda bo’yoqlash ishlari olib borilmoqdalar.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab matbuot anjumani о‘tkazildi.
Anjumanda qaror iste’molchilarni yoqilg‘i- energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari о‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i -energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma – bosqich bozor tamoyillariga о‘tkazishni davom ettirish maqsadida qabul qilinganligi qayd etildi.
2024-yilning 16-aprel sanasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan bo’lib, ko’rsatuvda qaror mohiyati to’g’risida tushuntirish berildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi.
Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi.
Shuningdek, maxsus bot (https://t.me/e_tariffbot)orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.
Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin.
2024 yil 23 aprel kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda OAV vakillari, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajning Moliya iqtisod va energiya sotish masalalari bo’yicha direktori I.Aslonov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar haqida matbuot anjumani ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani qizg’in baxslarga boy bo’ldi. Barcha jurnalist blogerlar o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🎙Joriy yilning 23-aprel kuni soat 15:00 da “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga bag’ishlab Press-tur o’tkaziladi.
Press-turga viloyatimiz hududida faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.
Manzil: Buxoro shahar, Sanoatchilar ko’chasi 1/1-uy “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar o‘z hisobini oson hisoblash maqsadida kompyuteringiz uchun maxsus ilovani ishlab chiqdi.
Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 20 aprel’ kuni soat 18:30 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida so‘z bordi.
Spikerlar: 1. Akmal Nasritdinov— “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o‘rinbosari; 2. Ilhom Aslonov — “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha direktor; 3. Hikmat Hamroev —”O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari; 4. Gulmurod Norov— “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari; 5. Jamol Ashurov — Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati; 6. Asadullo Najmiddinov—Buxoro shahar “Umar ibn Xattob” jome’ masjidi imom xatibi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etishga bag‘ishlangan “O‘zbekiston 24 ” telekanalining “Studiya 24” dasturida bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, iste’molchilarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan keng kо‘lamli chora-tadbirlara tо‘xtalib о‘tdi.