"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (30 dekabr – 2 yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.

Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni hamda yoritish bezaklarini nazoratsiz qoldirmaslikni sо‘rab qolamiz.

Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

Bir guruh soha zahmatkashlarining mehnatlari e’tirof etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, soha rivoji yo’lida mehnati singgan jamiyat xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko’rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko’p yillar xizmat qilgan Ruhillo Sharipov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbod etamiz va yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

“Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar ETK va ular rahbarlarining telefon raqamlari

⚡️ ☎️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
Elektr energiyasi iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga qo’shimcha telefon raqamlari ishga tushurildi.

Brifing

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov jamiyat tomonidan olib borilgan mavsumga tayyorgarlik ishlari hamda sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan choralar to’g’risida jamoatchilikka axborot berdi.

BRIFINGNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

24_soatlik_navbatchilik_asosida

Buxoro viloyati hududlarida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitiga qaramasdan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 24/7 navbatchilik rejimi asosida ish jarayonlari tashkil qilingan. Izg’irinli kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuqori va past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda texnik qurilmalarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlar navbatchi brigada xodimlari tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi baholandi.

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aj hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda jamiyat tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining qish mavsumida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi baholandi. Tadbirda yer osti elektr uzatish tarmog’ida kelib chiqgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf qilish, elektrsiz qolgan hududni aylanma tarmoqlar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko’rish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi.
Yakunda har bir xodim o’z xizmat vazifasini bajarishi chog’ida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga qat’iyan amal qilishi, ishni xavfsiz bajarishi zarurligi alohida takidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

 

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirda Buxoro viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori O’.Ziyodullayev, Buxoro tuman adliya bo’limi boshlig’i A.Bafoyev hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari hamda tuman shahar elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, boshliq o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish barchamizning sharafli burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati