Sir emaski Buxoro viloyati o’zining ulkan turizim salohiyatiga ega bo’lgan ko’hna va navqiron manzillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun bu qadimiy zaminga har yili ko’plab mahalliy va xorijiy sayyohlar qadam ranjida qilib, uning tarixiy ulug’vorligidan quvonchga to’lishadi. Albatta tarixiy yodgorliklarga boqib, ulardan zavq oluvchi sayyohlar viloyatdagi xizmat ko’rsatish sifatiga ham alohida e’tibor qaratishlari tabiiy. Shu munosabat bilan Buxoroda ko’plab zamonaviy xizmat ko’rsatish uylari hamda hashamatli mehmonxonalar qad ko’tarmoqda. Anashunday bunyodkorlik maskanlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrining “Abduxoliq G’ijduvoniy” ko’chasida qurilgan mehmonxonalar elektr energiyasi ta’minoti uchun 35 kV kuchlanishdagi yer osti kabel tarmog’ini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun korxonaning 100ga yaqin ishchi xodimlari va maxsus texnikalar jalb qilingan. Hozirda 3500 metr uzinlikdagi tarmoqni qurish ishlari olib borilmoqda.
21-22 avgust kunlari Buxoroda “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimlarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bugun viloyat hokimligida boshqaruv organlari va FVDT xizmatlari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshev, viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i B.Zaripov, sektor rahbarlari qatnashdilar.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Qo‘ldoshevning ma’ruzasi tinglandi.
Qayd etilganidek, o‘tgan 2023 yilning 10-11 avgust kunlari Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarni o‘tkazish yuzasidan berilgan topshiriqlarga asosan, birinchi bor Buxoro viloyati hududida joylashgan energetika, kommunal, ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat va yirik avariyalarni oldini olish hamda bunday vaziyatlarda kam talofatlar bilan bartaraf etishda hamkor tashkilotlarning harakatlari o‘rganilib, baholandi. Bu tajriba respublikaning barcha hududlariga joriy etildi.
21-22 kunlari viloyatning elektr ta’minoti yo‘nalishidagi – elektr energiyasini ishlab chiqarish (quyosh va shamol elektr stansiyalari) va uzatish (milliy elektr tarmoqlari), iste’molchiga tarqatish (hududiy elektr tarmoqlari), gaz ta’minoti yo‘nalishida – gazni qazib olish, uni qayta ishlash, va iste’molchilarga tarqatish (hududgazta’minoti), issiqlik ta’minoti yo‘nalishida – ishlab chiqarish (issiqlik markazlari), issiqlikni yetkazish va tarqatish (uy-joy mulkdorlar shirkati), ichimlik suvi ta’minoti yo‘nalishida – ishlab chiqarish (tozalash inshootlari), ichimlik suvini yetkazish va tarqatish (suv ta’minoti xizmati), ko‘mir ta’minoti yo‘nalishida – yetkazish, saqlash (omborxonalar), tarqatish (omborlar, mahallalar) ob’ektlarida Qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining yakunlari bo‘yicha FVDT, ularning mas’ul xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bilishlari, uni rasmiylashtirilganligi va taqsimlashtirilganligi o‘rganib chiqilishi lozimligi, ko‘p qavatli uylar, kvartiralariga uyma-uy yurib fuqarolarning gaz, elektr asbob-anjomlarini taftishdash o‘tkazish, nosozlarini qizil ro‘yxatga kiritib, hal etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkazilgan amaliy tadbirlar hamda maxsus-taktik o‘quv mashqlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Buxoro viloyatida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda betalafot o‘tkazish, energetika tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari yuzasidan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo’lib o’tmoqda. Qo‘mondonlik-shtabi o’quv mashqlari davomida Vobkent tumanidagi “Kulolchi” 110/10 sodir bo’lgan favqulodda uzilishlarni bartaraf qilish va Buxoro shahridagi 63-sonli transformator punktiga kiruvchi kabel tarmog’ida sodir bo’lgan nosozliklarni tezkorlik bilan ta’mirlab elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko’rish bo’yicha o‘quv mashqlar olib borildi. Shuningdek, Qo‘mondonlik-shtabi tomonmidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJdagi zahira materiallari o’rganildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror darajadagi xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi.
Agentligining joriy yil 20 avgustdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-” “Barqaror” darajada qayta tasdiqladi.
“HET BILLING” dasturiy kompleksiga ulanishda hamda Android va IOS orqali ilovani yuklab olishda muammoga duch kelyapsizmi?
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasini avtomatlashirish markazi” filiali direktor o‘rinbosari Diyorbek Nishonov “Millar” dasturi orqali bu borada batafsil tushuntirish berdi.
Avval xabar berilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan Jamiyatning rasmiy sayti (het.uz)dagi takomillashtirilgan “Shaxsiy kabinet”ga kirish va ro‘yxatdan o‘tish xususida videoqo‘llanma tayyorlanib, e’tiboringizga havola etilgan edi.
Kuni kecha iste’molchilarga yanada qulaylik eratish maqsadida “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida Jamiyatning mobil ilovasi ham ishga tushirildi.
So‘nggi kunlarda ko‘pchilik iste’molchilarda “Shaxsiy kabinet” hamda mobil ilovaga kirishda qiyinichliklar bo‘layotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Shu sababli tizimdan foydalanuvchilar e’tibor berishi lozim bo‘lgan ba’zi ko‘rstmalarni eslatib o‘tamiz.
Xususan, kabinet va ilovadan foydalanishda parol va login orqali kirayotgan iste’molchining telefon raqami, billing tizimida fuqaroning shaxsiy hisob raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.
One ID orqali foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar Yagona identifikatsiya tizimi ma’lumotlari billing tizimi ma’lumotlari bilan aynan bir xil bo‘lishiga e’tibor berishlari lozim. Aks holda, tizimga kirishda cheklanishlar yuzaga keladi.
Eslatma:
“Shaxsga doir ma’lumotlar tо‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, iste’molchilar telefon raqamini billing tizimida hisob raqami orqali rо‘yxatdan о‘tkazish yoki almashtirish uchun shaxsan о‘zlari tuman elektr ta’minoti korxonasiga kelishlari talab etiladi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “XZK” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida Jamiyatning mobil ilovasi ham ishga tushirilganini ma’lum qilamiz.
Ayni paytda iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
Endilikda mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi transformator punktlarini kuz-qish mavsumi oldidan nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Joylarda ishchi-guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bo’yicha ko’rsatmalar berilmoqda. Ushbu ishlardan asosiy maqsad iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.
⚡️“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aj tomonidan kuz qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, iste’molchilarni barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, hududlar kesimida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, jamiyatning Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Zarafshon 2” 35 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Maxsus texniklar yordamida salqi simlarni tortish, ulanish qismlarini mahkamlash ishlari bajarildi. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.