"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Jarayon

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To’xtayev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi o’rinbosari H. Beshimovlar boshchiligida tashki etilgan hisobot-saylov konferensiya ishida jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 47 nafar delegat ishtirok etdi.

“Buxoro HETK” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Jamshid  Ro’ziyev saylandi.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Ma’rifat_soati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda Zulfiyaxonim hayoti va ijodini keng targ’ib qilish uchun “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda Zulfiyaxonimga bag’ishlab tayyorlangan maxsus videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, ma’rifat soatining uzviy davomi sifatida yoshlarni komil va yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida jamiyat xodimlari o’rtasida fikrlar almashildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ ishchi-xodimlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlaydi.

Bu toʼgʼrisida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ rahbariyati hamda “O‘zsanoatqurilishbank” mutasaddilari oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuvda kelishib olindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan oʼtkazilgan uchrashuvda bank tomonidan Jamiyat ishchi-xodimlari uchun ipoteka, avtomobil, isteʼmol va boshqa kreditlarni imtiyozli foizlarda olish boʼyicha taqdimot boʼlib oʼtdi.

Batavsil

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

🌧Viloyatimizda kuzatilyotgan noqulay ob-havo (yog’ingarchilik) oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sodir bo’lmoqda.

👷‍♂”Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 24 soatlik navbatchilik asosida barcha tezkor chiqish brigadalar va maxsus texnika vositalari shay xolatga keltirilgan bo’lib, yuzaga kelgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan. 

☎️ Istalgan vaqtda Call markazining 1154 qisqa raqamiga murojaatlaringizni yo’llashingiz mumkin.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ