"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umimiy savollar bo’yicha direktori I. Maxmudov ishtirokida Qorako’l tumanidagi Chekirchi mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullariga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Do’stlik” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish, podstansiyadagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati bir necha barobarga oshirilib, zahira quvvatlari ham yaratilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Jamiyat tarkibidagi elektr ta'minot korxonalari

slayder2

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qoshidagi tuman (shahar) elektr ta’minot korxonalari

ETK nomi Joylashgan hududi Manzili
Olot ETK Olot tumani Do’stlik ko’ch., 4
Buxoro ETK Buxoro tumani Axmad Donish ko’ch., 18
Vobkent ETK Vobkent tumani G’alaba ko’ch., 1
G’ijduvon ETK G’ijduvon shahri Galaba ko’ch., 59
Kogon ETK Kogon shahri Maxmud Torobiy ko’ch.,77
Qorako’l ETK Qorako’l tumani Ulug’bek ko’ch.,96
Qorovulbozor ETK Qorovulbozor tumani Cho’lquvar ko’ch.,1
Peshko’ ETK Peshko’ tumani Do’stlik ko’ch.,3
Romitan ETK Romitan tumani Nurafshon ko’ch.,12
Jondor ETK Jondor tumani S.Rajabov ko’ch.,11
Shofirkon ETK Shofirkon tumani S.Raximov ko’ch., 10
Buxoro shahar ETK Buxoro shahri Sanoatchilar ko’ch.,1/1

Tuman (shahar) elektr ta’minot rahbarlari haqida ma’lumot

ETK nomi Boshliq ismi, sharifi Тelefon
kod nomer
Olot ETK Nabiyev G‘anisher Egamberdievich 34 2-30-04
Buxoro ETK Nabiyev Odil Qosimovich 54 2-54-95
Vobkent ETK To’rayev Jasur Baxtiyorovich 33 2-14-08
G’ijduvon ETK Nurulloyev Abdullo Aslonovich 57 2-37-84
Kogon ETK Jo’rayev Muxammad Ortiqovich 52 4-43-00
Qorako’l ETK Hamroyev Alisher Shonazarovich 56 5-23-62
Qorovulbozor ETK Aslonov Bo’ston Rustamovich 36 4-41-03
Peshko’ ETK Aminov Jaxongir Avaz o’gli 35 3-28-68
Romitan ETK Abdullayev To’shpo’lot Mustafo o’g’li 55 2-17-88
Jondor ETK Usmonov Oybek Rashidovich 58 2-18-85
Shofirkon ETK Yo’ldoshev Shahobjon Shavkatovich 50 2-21-54
Buxoro shahar ETK Ro‘ziyev Baxtiyor Jo‘raqulovich 22 5-37-90

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari yuzasidan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo’lib o’tdi.

Buxoro shahrida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda betalafot o‘tkazish, energetika tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari yuzasidan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Buxoro viloyatida mexanizatsiyalashgan yig‘ma otryadi va doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarning saf ko‘rigi, inshootda sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish jarayonini tiklash kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (31-avgust 3-sentabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Do’stlik” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, podstansiyadagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati