"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Elektr energetikasi sohasida 42 yil mehnat qilgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umumiy masalalar bo’yicha direktori va Kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi 9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1925 yilda tug’ulgan Qarshiyev Norboy boboning fayzli xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar va bugungi bayram bilan tabriklab, samimiy suhbat qurdilar. Suhbat davomida nuroniy otaxon uzoq yillar davomida viloyat elektr energetikasi sohasida ishlagan vaqtlarini juda ko‘tarinki ruhda esga oldi va ish davomida bo’lib o’tgan qiziqarli voqealarni so’zlab berdi.
Uchrashuv yakunida Norboy boboga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, uzoq va mazmunli umr tilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Joylarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni qabul qilingan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204 sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda. Uchrashuvda qarorning mazmun mohiyati batafsil tushuntirilib, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Kogon tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Ikkilik” 110/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” doirasida korxona Kasaba uyushmalari qo’mitasi va Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga milliylikni asrash, o’zbekona kiyinish madaniyati, xon atlas va adrasning kelib chiqish tarixi hamda shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jamiyat xotin-qizlari tadbirga ko’tarinki kayfiyatda faol ishtirok etishdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qaror mohiyati yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kunida “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbirda so’z olganlar elektr energiyasi, gaz tariflariga kiritilgan o’zgartirishlar haqida to’xtalib o’tishar ekan, shubhasiz, ulardan oqilona va samarali foydalanish, energotejamkor jihozlarni o’rnatgan holda tejash, kelajak avlodning ham tabiiy energiya resurslariga haqqi borligi haqida tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yakunda fuqarolarni qiziqtirgan masalalar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar xodimlari tomonidan tushuntirish berildi va maxsus tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Iste’molchilarning murojaatlari ko’rib chiqilib, tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida Qorako’l tumani aholisi uchun tashkil qilingan sayyor qabulda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq kelib tushayotgan murojaatlar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Texnik direktori tomonidan o’rganilmoqda. Iste’molchilarning murojaatlari ko’rib chiqilib, tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Bosqichma-bosqich joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida past kuchlanishdagi elektr qurilmalari va ta’mirtalab transformator punktlarida bosqichma-bosqich joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jamiyat tarkibi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari usta-xodimlari elektr qurilmalarini ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, transformator punktlarining moy sathini me’yor darajasiga keltirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash hamda bo’yoqlash ishlari olib borilmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

ELEKTR HAM NE’MAT, UNING ISROF BО‘LISHIGA YО‘L QО‘YMAYLIK

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab matbuot anjumani о‘tkazildi.

Anjumanda qaror iste’molchilarni yoqilg‘i- energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari о‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i -energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma – bosqich bozor tamoyillariga о‘tkazishni davom ettirish maqsadida qabul qilinganligi qayd etildi.

BATAFSIL

“HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI” AJ