“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat о‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududlar kesimidan elektr qurilmalari hamda elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlanib, ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kogon shahrining “Mahtumquli” mahalla fuqarolar yig‘ini Mahtumquli ko’chasidagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash uchun olib kelingan 15 dona mustahkam temir – beton tayanchlari o’rnatildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi va tizimda sodir bo’layotgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berildi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda xonadonga ikkita hisoblagich о‘rnatilsa, maishiy iste’molchilar uchun belgilangan oylik 200 kilovatt soat hajmdagi ijtimoiy normani ikkiga bо‘lib ishlatish mumkinligi haqida video (https://t.me/shopirlar/84921) tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur “layfxak” yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mamlakatimiz bо‘ylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) iste’molchiga о‘rnatilgan va maxsus kod orqali biriktirilgan yagona hisoblagich orqali elektr energiyasi iste’moli hisob-kitoblarini dasturga qabul qilib oladi va qayta ishlaydi.
Zarurat yuzasidan iste’molchining о‘zi tomonidan о‘rnatilgan ikki yoki undan ortiq hisoblagichning ma’lumotlarini hisob-kitob uchun dasturga kiritishning texnik imkoniyatlari yо‘q ekanligini ma’lum qilamiz.
Sodda qilib tushintirilganda, ikkita hisoblagichni bitta hisob raqam orqali foydalanishning texnik imkoniyati majud emas.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati