“Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” doirasida korxona Kasaba uyushmalari qo’mitasi va Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga milliylikni asrash, o’zbekona kiyinish madaniyati, xon atlas va adrasning kelib chiqish tarixi hamda shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jamiyat xotin-qizlari tadbirga ko’tarinki kayfiyatda faol ishtirok etishdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qaror mohiyati yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kunida “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbirda so’z olganlar elektr energiyasi, gaz tariflariga kiritilgan o’zgartirishlar haqida to’xtalib o’tishar ekan, shubhasiz, ulardan oqilona va samarali foydalanish, energotejamkor jihozlarni o’rnatgan holda tejash, kelajak avlodning ham tabiiy energiya resurslariga haqqi borligi haqida tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yakunda fuqarolarni qiziqtirgan masalalar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar xodimlari tomonidan tushuntirish berildi va maxsus tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Iste’molchilarning murojaatlari ko’rib chiqilib, tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida Qorako’l tumani aholisi uchun tashkil qilingan sayyor qabulda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq kelib tushayotgan murojaatlar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Texnik direktori tomonidan o’rganilmoqda. Iste’molchilarning murojaatlari ko’rib chiqilib, tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

ELEKTR HAM NE’MAT, UNING ISROF BО‘LISHIGA YО‘L QО‘YMAYLIK

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab matbuot anjumani о‘tkazildi.

Anjumanda qaror iste’molchilarni yoqilg‘i- energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari о‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i -energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma – bosqich bozor tamoyillariga о‘tkazishni davom ettirish maqsadida qabul qilinganligi qayd etildi.

BATAFSIL

«HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI» AJ

MATBUOT_ANJUMANI

2024 yil 23 aprel kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda OAV vakillari, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajning Moliya iqtisod va energiya sotish masalalari bo’yicha direktori I.Aslonov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar haqida matbuot anjumani ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumani qizg’in baxslarga boy bo’ldi. Barcha jurnalist blogerlar o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro” telekanalida “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvi tashkil etildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 20 aprel’ kuni soat 18:30 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida so‘z bordi.

Spikerlar:
1. Akmal Nasritdinov— «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o‘rinbosari;
2. Ilhom Aslonov — «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha direktor;
3. Hikmat Hamroev —»O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
4. Gulmurod Norov— «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari;
5. Jamol Ashurov — Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati;
6. Asadullo Najmiddinov—Buxoro shahar «Umar ibn Xattob» jome’ masjidi imom xatibi.

Qaror mazmun mohiyati haqida “Buxoro” radiosining “32-studiya” dasturi orqali ma’lumotlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorini mazmun mohiyati haqida “Buxoro” radiosining “32-studiya” dasturi orqali ma’lumotlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha seminar tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi «Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to’g’risida» gi 638-sonli qaroriga asosan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish imkonini beradi.
Ayni shu mavzuda Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasida tеxnika xavfsizlik qoidalari bo’yicha o’quv sеminari bo’lib o’tdi.

Ushbu o’quv sеminarida Hududiy elеktr tarmoqlari korxonasi MXTX yеtakchi muhandisi Shеrzod Safarov, “Buxoro HETK” AJ MXTX boshlig’i Tolib Jalilov, jamiyat kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Jamshid Ro’ziyеv, viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish davlat mеhnat nazorat inspеksiyasi inspеktori Amrillo Amonov hamda Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ishtirok etdilar.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish to’g’risida suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Jondor tumani “Mustaqillik” MFY hududida faoliyat yuritib kelayotgan 14-son “Bolalar musiqa va san’at” maktabida fuqarolar hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishga va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati