Ortqa qaytmas islohotlar

Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” 330-sonli qaror asosida 48 ta mahallalarda 71 dona transformator punktlari o’rnatildi va 5000 ga yaqin temir-beton tayanchlari qurilib, 244,5 km elektr uzatish tarmog’i tortildi.

Shuningdek, Vazirlar mahkamasining 205 sonli qarori asosida hududlar kesimida 153 ta transformator punkti o’rnatilib, 250 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’i qurildi.

Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida, jamiyat tarkibidagi 830 dona past kuchlanishli trasnformator punktlari, 2 900 km dan ortiq uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Batafsil “O’zbekiston 24″ telekanalining «Ortqa qaytmas islohotlar” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Rasmiy munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda xonadonga ikkita hisoblagich о‘rnatilsa, maishiy iste’molchilar uchun belgilangan oylik 200 kilovatt soat hajmdagi ijtimoiy normani ikkiga bо‘lib ishlatish mumkinligi haqida video (https://t.me/shopirlar/84921) tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur “layfxak” yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mamlakatimiz bо‘ylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) iste’molchiga о‘rnatilgan va maxsus kod orqali biriktirilgan yagona hisoblagich orqali elektr energiyasi iste’moli hisob-kitoblarini dasturga qabul qilib oladi va qayta ishlaydi.

Zarurat yuzasidan iste’molchining о‘zi tomonidan о‘rnatilgan ikki yoki undan ortiq hisoblagichning ma’lumotlarini hisob-kitob uchun dasturga kiritishning texnik imkoniyatlari yо‘q ekanligini ma’lum qilamiz.

Sodda qilib tushintirilganda, ikkita hisoblagichni bitta hisob raqam orqali foydalanishning texnik imkoniyati majud emas.