“Strelkov” 110/10 kV podstansiyasining quvvati oshirilmoqda.

Buxoro viloyati aholisi hamda ishlab chiqarish korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “Strelkov” 110/10 kV podstansiyasining quvvatini oshirish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yuqori quvvatdagi kuch transformatori va barcha texnik qurilmalari keltirildi. Mazkur podstansiyaga 2 dona 63 000 kVAli kuch transformatorini olib kelib, o’rnatish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan yillik reja grafigi asosida yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan yillik reja grafigi asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Uchlik” 110/10 kV hamda “Jumabozor” 35/10 kV podstasniyalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyalarda obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “O’zbekiston” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar salqi simlarni tortish, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Kogon tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Ikkilik” 110/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Bosqichma-bosqich joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida past kuchlanishdagi elektr qurilmalari va ta’mirtalab transformator punktlarida bosqichma-bosqich joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jamiyat tarkibi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari usta-xodimlari elektr qurilmalarini ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, transformator punktlarining moy sathini me’yor darajasiga keltirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash hamda bo’yoqlash ishlari olib borilmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etiladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etishga bag‘ishlangan “O‘zbekiston 24 ” telekanalining “Studiya 24” dasturida bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, iste’molchilarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan keng kо‘lamli chora-tadbirlara tо‘xtalib о‘tdi.

Qaror mazmun mohiyati haqida “Buxoro” radiosining “32-studiya” dasturi orqali ma’lumotlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorini mazmun mohiyati haqida “Buxoro” radiosining “32-studiya” dasturi orqali ma’lumotlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati