Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Hozirgi kunda “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan Buxoro viloyatining tumani, shahar hududlarida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda.
“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)da yuzaga kelgan nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etish choralari Energetika vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Nosozlik bartaraf etilgach, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishini bildiramiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi

Viloyatimizda aholi va ulgurji iste’molchilarning foydalangan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich reja asosida olib borilmoqda, almashtirilishi lozim bo‘lgan 432 481 dona elektr hisoblagichlarning 399 211 donasi aholi iste’molchilari uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda hisoblagichlarni almashtirish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Elektr energiyasini xisobga olish va nazorat kilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos hisoblagichlarning ishlash tartibi, elektr hisoblagich va maxsus qurilmalar o‘rtasidagi aloqaga asoslangan bo‘lib, shu munosabat bilan “Buxoro HETK” AJ va “O‘zbektelekom”AKning Buxoro filiali o‘rtasida 164, 6 mln. so‘mga imzolangan shartnoma asosida aloqa sifatini tubdan yaxshilab elektr energiya hisobini avtomatik tarzda hisoblab boruvchi dasturiy kompleksning maksimal darajada tez sur’atlar bilan ishlashini ta’minlash borasida, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga umumiy hisobda 6,7 ming km uzunlikdagi “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi. Bu ishlar tizimning to‘laqonli ishlashi va iste’molchilarni me’yor darajasida uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining tashabbusi bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi. Ushbu tashkil etilgan ustoxonada TN-19, TM1-1, TM-4, M-16, M-1, UkPP M-11 va M-8 markadagi traverslar tayyorlanishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida davlat dasturlari ehtiyojlarini to‘liq qoplash ko‘zda tutilgan. Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangidan qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2661-son qarori hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida yuqorida ko‘rsatilgan markadagi travers turlari bo‘yicha 2020 yilda ehtiyoj 23 000 donani tashkil etmoqda. Metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasini mahalliylashtirib, ishga tushirish orqali jamiyatning moliyaviy holati uchun yillik 839,5 mln.so‘mdan ortiq sof foyda olishga hamda olingan foydani kelgusi yil ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AJda elektron kutubxona tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Shu 5 ta muhim tashabbusdan:

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida komp’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Ushbu tashabbuslarni chuqur anglagan holda, “Buxoro HETK” AJ da kompyuter texnologiyalaridan foydalanilib, energetika sohasida texnika xavfsizligi, elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida mujassam etgan kitoblardan elektron kutubxona yaratildi. Shu bilan birgalikda elektron kutubxona foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida Android operasion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi.

Mobil ilovaning qisqacha ish tamoyili:

Smartfonga mobil ilova yuklanib, ilova ishga tushirilgandan so‘ng QR-kodli elektron kutubxonadan kerakli kitob tanlanadi va aynan shu kitobga tegishli QR-kod smartfon kamerasi orqali skaner qilinadi.

QR-kodni identifikasiya qilish jarayonidan keyin smartfon ekranida tanlangan elektron kitobni yuklash uchun havola  paydo bo‘ladi. Havolani brauzerda ochish orqali elektron kitobni smartfonda o‘qish, hamda kelgusida undan foydalanish maqsadida smartfon xotirasiga  yuklab olish mumkin.

                “Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxoro viloyatida “EEHO va NQAT” joriy etilmoqda

“Osiyo taraqqiyoti banki”  hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro kelishilgan bitimga asosan va Janubiy Koreya Respublikasining “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi maishiy va ulgurji iste’molchilarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish ishlari (EEHO va NQAT) bosqichma-bosqich   reja-jadval  asosida olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ham elektron hisoblagichlar nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT)ni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar amalga oshirilib, zamonaviy elektron hisoblagichlarni  o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Almashtirilishi kerak bo‘lgan 432 481 dona hisoblagichlarning 399 211 donasi jismoniy shaxslar uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Hozirga qadar 399 809 donasi (92,8%) o‘rnatilishi ta’minlandi. Joriy yil yakuniga qadar hisoblagichlarni 100% o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, Qorovulbozor tumanidagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari to‘liq zamonaviy elektr hisoblagichlarga almashtirildi.  Vobkent, G‘ijduvon, Olot va Romitan tumanlarida 99 foizga bajarildi. Viloyatimiz bo‘yicha barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini almashtirish ishlarini rejalashtirilgan muddatida tugatish bo‘yicha jamiyat tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJ tomonidan xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PQ-3812-sonli qarori asosida «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha 2019 yilda Buxoro viloyatining mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  tomonidan Buxoro shahrining “G‘afur G‘ulom”, “Turki Jandi”, “Mutal Burxonov” nomli mahallalarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Birgina “G‘afur G‘ulom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasi iste’molini sifatli va uzluksizligini ta’minlash maqsadida,     2 dona 400/10 kVa quvvatga ega bo‘lgan transformator punktlari, 1 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va 12,7 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Bu esa o‘z navbatida aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Shuningdek sohada kamchiliklar yetarli ekanligini to‘la anglagan “Buxoro HETK” AJ  jamoasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bor kuchi va g‘ayratini namoyon qilgani holda aholi va tadbirkorlik korxonalariga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida barcha choralarini ko‘rmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Matbuot xizmati

BUXORO VILOYATINING G’IJDUVON TUMANIDA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI JORIY ETISH ISHLARI BOSHLANDI.

Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan.

 

Shunga ko‘ra, Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanida ham Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda EHNAT (ASKUE)elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Shu yaqin kunlarda G’ijduvon tumanida reja asosida 57 mingga yaqin maishiy  iste’molchilar va 2 961 nafar yuridik iste’molchilarga elektr hisoblagichlari o’rnatish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga viloyatdagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida pudratchi tashkilot hamkorligida bosqichma-bosqich etkazib beriladigan ko‘p funksiyali “KAIFA” rusumli elektr hisoblagichlarga almashtiriladi va to‘liq Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boshqarilishi ta’minlanadi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 22-sonli Qaroriga asosan, 2019 yilning 11 fevralidan boshlab maishiy iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun mavjud muddati o`tgan qarzdorlikning har bir kuni uchun to`lov muddati o`tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o`tgan qarzdorlik summasining 50 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda penya hisoblanadi.

Elektr energiyasi iste’molchilarining 2019 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilgan oldindan to`lovlarini inobatga olgan holda hisoblagich ko`rsatkichlarini qayd etish va qayta hisob-kitob qilish orqali aniqlangan qarzdorliklari hisob-kitob davrining keying oyining 11-kunigacha bartaraf etilmagan taqdirda, mazkur summaga penya hisoblanadi.