Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan yirik hajmdagi bunyodkorlik ishlari natijasida elektr ta’minotidagi mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Jumladan, viloyatimizning olis manzillaridan biri Olot tumani “Kesakli” MFY hududlarida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi va hududdagi tadbirkorlarni barqaroro elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Olot tuman elektrt ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 280 donaga yaqin mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 5200 metr 10 kVli, 8400 metr uzinlikdagi 0.4 kVli elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 5 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.
Ayni damda zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon #Obod_mahalla #Kogon_tumani

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Sorg’un” MFY hududlarida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida keng ko’lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 130 donadan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari tiklandi, 1 dona 250 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatilib, 4 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, dasturga binoan 5200 metr 0,4 kVli tarmoqni yangilash uchun zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

"Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hududga 415 dona mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 400 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o’rnatildi. Shuningdek, 10 km uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Obod_qishloq #Romitan_tumani

Romitan tumanida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.

Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahalla fuqarolar yig’ini Qahramon qishlog’ida “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida 46 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, ayni damda 3300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar mazkur hudud elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#Jarayon #Qorovulbozor_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida “Nurchi” 110/35/10 kV nimstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, nimstansiyaning estetik holati yaxshilanmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sifatli va uzluksiz elektr ta’minoti

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun yuqori hamda past kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgalik ko’rish, iste’molchilarga uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston24″ telekanalining «Reportaj24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (1-4 sentyabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Nurobod obod manzilga aylanmoqda.

Bugun yurtimizda har bir hududni obod manzilga aylantirish, u yerda istiqomat qiluvchi aholiga yanada qulay yashash sharoitlarini qaror toptirish uchun manzilli dasturlar shakllantirilib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Albatta hududlar obodligini ta’minlanishi barobarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash ishlariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ” AJ tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamiyat tarkibidagi Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Tinchlik” MFY Nurobor ko’chasida qurilish va montaj ishlari olib borildi. Belgilangan chora-tadbirlar asosida hududga 13 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan hududlarda yuklama bilan ishlab turgan 7 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda quvvat oshirilib, qo’shimcha kuch transformatorlari o’rnatildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarmoqlarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Istiqlol» telekanalining «Hudud yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil 👉 @buxenergo

 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati