Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!

Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.

Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.

Maqolani to’liq o’qish

BUXORO.UZ | Расмий канали

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/6609144) asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari (https://het.uz/oz/lists/view/1919) oshishini ma’lum qiladi.

MA’LUMOT UCHUN: QARORGA ASOSAN AHOLI UCHUN TARIFLAR O‘ZGARISHSIZ QOLDI.

Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda.

Peshko’ tumani “Deycha” mahalla fuqarolar yig’ini hududlari iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 60 donadan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari tiklandi. Shuningdek, № 493 sonli transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kVA quvvatdagi transformator o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tasdiqlangan joriy va mukammal ta’mirlash rejasiga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xarxo’r” 110 kV va “Zarafshon” 35 kV yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlanib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

1-oktyabrdan biznes uchun elektr va gaz tariflari liberallashtirilishi rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi (http://regulation.gov.uz/uz/d/85750).

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini liberallashtirish taklif etilmoqda.

Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi iste’molchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga o‘zgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 so‘mgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha, deb belgilanadi.

Tabiiy gaz tariflarini ham OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga o‘zgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha qiymatda belgilash taklif etilmoqda.

❗️Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marotaba 2019-yilning avgustida o‘zgargandi.

“Yakkatut” 35/10 kV, “Kulolchi” 110/10 kV, “Romitan” 110/35/10 kV podstansiyalari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31-dekabrdagi PQ-465 sonli qarori asosida “Yakkatut” 35/10 kV, “Kulolchi” 110/10 kV, “Romitan” 110/35/10 kV podstansiyalari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr qurilmalarining zahirasi yaratilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ko’rish borasida amalga oshirayotgan ishlari holati o’rganildi.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyaviy uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida turli xil quvvatdagi transformator punktlari, temir-beton tayanchlar, transformator moyi, kabel, sim, turli xil quvvatdagi o’chirib yoqish uskunalari, kabel muftalari zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida 79 ta avariya tiklash brigadalari va 29 dona maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumida aholini barqaror energoresurslar bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda energetika tizimi korxonalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Jarayonlar “О‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida:

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Moxixossa-1” 35 kVli havo elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Mutaxassislar balandligi 25 metrgacha bo’lgan temir burchakli tayanchlarga chiqib, joriy ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati