#OBOD_MAHALLA #QOROVULBOZOR TUMANI

Har qanday ob-havo sharoitida o’z mehnat vazifasini bajarib kelayotgan elektr energetikasi xodimlari bugungi yozning jazirama kunlarida ham qurilish va montaj ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida tumanning “Navbahor” MFY hududlarida o’rnatilgan tayanchlarga zamonaviy SIP kabellarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda elektr energiyasi iste’molchilarini yangilangan havo tarmog’iga ulash ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda

Elektr energetikasi sohasi vakillari barcha turdagi iste’molchilarga mustahkam hamda ishonchli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida tun-u kun, yozning jaziramasi-yu qishning qahratonida ham xalq xizmatidagi insonlardir. Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tizim vakillari duch kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlarning oldini olish, ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida joylarda o’quv-amaliy mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Batafsil “Buxoro” telekanali orqali efirga uzatilgan “Maxsus reportaj” dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

““Obod qishloq” Davlat dasturi asosida Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda.

“Obod qishloq” Davlat dasturi asosida Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Niyozxo’ja” MFY Niyozxo’ja qishlog’i hududida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatilib, himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Zo’rTV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

#OBOD_MAHALLA #VOBKENT_TUMANI

“Obod mahalla” Davlat dasturi asosida Vobkent tumanining “Niyozxo’ja” MFY Niyozxo’ja qishlog’i hududida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Dastur bo’yicha ishlab chiqilgan loyiha asosida eskirgan simyog’ochlar o’rniga 307 dona mustahkam temir-beton tayanchlari tiklandi.

Shuningdek, 5300 metr uzinlikdagi yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’i yangilanmoqda va 12600 metr past kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog’iga himoyalangan SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energiya samaradorligini rivojlantirish mavzusida seminar

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari, Buxoro viloyati hokimligi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, O’zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy bo’limi bilan hamkorlikda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko’rgazmali seminar tashki etildi.
Tadbirda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, mamlakatimizda yashil energetika yo’nalishini taraqqiy toptirish, bu borada davlat tomonidan aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligi va imkoniyatlari, qulayliklari tahlil qilinib, quyosh kollektorlari hamda quyosh panellarining afzalliklari to’g’risida to’xtalib o’tildi. Tadbir so’ngida barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Fikr va mulohazalar bildirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Obod mahalla” Davlat dasturi

Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida hudud aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi hamda og’ir hududlar elektr energiyasi ta’minoti mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

 

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Noqonuniy foydalanish holatlari

Kogon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotgan iste’molchilar aniqlandi.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, ularni oldini olish va qarzdorliklarni bartaraf etish bo’yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Elektr energiyasidan foydalanish tartib qoidalarini buzgan iste’molchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, ta’minotdan uzib qo’yilmoqda va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob kitob qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sayyor qabul

Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mashalatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbalari ishtirokida Buxoro viloyatining Peshko’, Kogon va Jondor tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o’tkazildi.

Sayyor qabullar davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov Buxoro viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolarning elektr energiyasi sohasiga doir murojaatlarini qabul qildi. Shuningdek, aholidan tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan yechim topish va qisqa muddatda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolarni bartaraf qilish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati