Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2021 yildagi 555-son

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari arafasida yana bir qator energetiklarning mehnati e'tirof etildi.

Mustaqil O‘zbekistonimizning taraqqiy etib, uning iqtisodiy yuksalishida, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlarni teran anglab, munosib ravishda mehnat qilib kelayotgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko‘p yillar xizmat qilgan Qahramon Quvvatov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbot etamiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

“Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta'minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovida Buxoro shahar ETK birinchi o‘rinda!

2021 yil 30 avgust kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Prezidentimizning farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, xususan, elektr energetikasi tizimini yanada yuksaltirishda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlarini «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, o‘ttiz yillik mehnatimiz, sa’y-harakatlarimiz, intilishlarimiz, maqsadlarimiz sari ishonchli odimlarimiz, eng asosiysi, energetika sohasida jadal olib borilayotgan islohotlar, pirovardida aholi farovonligini oshirish, xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida elektr ta’minoti korxonalari o‘rtasida “Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishgan va ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratilgan eng namunali elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasida “Andijon HETK” AJ tarkibidagi Andijon tuman hamda “Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Buxoro shahar ETKlar g‘olib deb topildi.

“Eng namunali elektr ta’minoti korxonasi binosi” nominasiyasida “Xorazm HETK” AJ tarkibidagi Bog‘ot tumani va “Farg‘ona HETK” AJ tarkibidagi Dang‘ara ETKlar peshqadam bo‘lishdi.

“Rivojlanish sari dadil odimlayotgan elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasi bo‘yicha “Namangan HETK” AJ tarkibidagi “Markaz” va “Qoraqalpoq HETK” AJ tarkibidagi Mo‘ynoq tuman ETKlar g‘olib sifatida e’tirof etildi.

Sovrindorlarga tegishli pul mukofotlari qayd etilgan sertifikatlar va faxriy yorliqlari topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI" esdalik nishoni muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Hayotov Bahodir Baxronovich, umumiy masalalar bo‘yicha direktor Mahmudov Ibratillo Ne’matiloevich taqdirlandi.

Шунингдек, ушбу эсдалик нишони билан “Бухоро ҲЭТК” АЖ таркибидаги Бухоро шаҳар электр таъминоти корхонаси раҳбари Рўзиев Бахтиёр Жўрақулович, Қоровулбозор туман электр таъминоти корхонаси раҳбари Аслонов Бўстон Рустамовичлар мукофотланди.

Ушбу мукофот эгаларини “Бухоро ҲЭТК” АЖ жамоаси номидан муборакбот этамиз ва ютуқлари бардавом бўлишини тилаб қоламиз.

“Бухоро ҲЭТК” АЖ матбуот хизмати.

“Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov "Kelajak liderlari" klubi a'zoligiga qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joylarda salohiyatli yosh yetakchilar qatlamini shakllantirish maqsadida 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar uchun “Kelajak liderlari” klubini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlov natijalariga ko‘ra “Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov “Kelajak liderlari” klubi a’zoligiga qabul qilindi.
2021 yil 26 avgustda Buxoro shahridagi „Sahid Zarafshon“ mehmonxonasida “Kelajak liderlari” klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbari Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departamenti mudiri Abduhamid Tamikaev, Oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
“Kelajak liderlari” klubining ochilish marosimida, klubga a’zolik nishonini Ravshanbek Sharifovga Buxoro viloyati hokimi – Botir Zaripov topshirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

1-sentabr Mustaqillik bayrami

Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.
Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.

Hashar birdamlikka undaydi.

Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Energetika sohasi vakillari tomonidan bino-inshootlar atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda milliy bayramlarimiz arafasida ko‘chalarni, mahallalarni va yon-atrofni ko‘rkam va ozoda holatga keltirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu ezgu odat tufayli atrofimiz o‘zgacha chiroy kasb etadi. O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Axborot texnologiyalari bo’limi xodimlari "Raqamli O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida sertifikatlar olishdi.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, barcha tarmoq va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 11-may kuni “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mazkur strategiya doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Axborot texnologiyalari xodimlari Respublika IT-Park qoshidagi IT-CENTER tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan va karantin qoidalariga rioya qilingan holda onlayn tarzda “Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul bo’lgan rahbar mutaxassislari uchun” umumiy jami 36 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

«Men vaktsina oldim» mavzusida koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr taʼminoti korxonalarida «Men vaktsina oldim» mavzusida koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda. Shu jumladan, Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasining xodimlari oʼzbek-xitoy vaktsinasi bilan emlandi.


Joylarda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlari davom etmoqda.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.