Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
– elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
– ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
– ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
– kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyaning quvvati oshirildi.

Buxoro shahri hamda Buxoro tumanidagi 15 ga yaqin mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyaning quvvati oshirildi.

Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarda past kuchlanishdagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash ishlari bilan bir qatorda katta energetika yo’nalishida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolarning tizimli ravishda hal etilayotganligini ko’rish mumkin. Shu kabi yangilanishlardan yana “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Olotxona” 110/35/10 podstansiyasida amalga oshirildi. Podstansiyadagi quvvati 10000 kVA bo’lgan transformator 25000 kVA quvvatdagi kuch transformatoriga almashtirildi.

Hozirda soha mutaxassislari tomonidan montaj, sinov va sozlash ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Shu kunlarda Buxoro shahrining eski shahar qismida 21-25 may kunlari o’tkaziladigan “XALQARO ZARDO’ZLIK VA ZARGARLIK” festivalini yuqori darajada o’tkazish maqsadida qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda Buxoro shahrining eski shahar qismida 21-25 may kunlari o’tkaziladigan “XALQARO ZARDO’ZLIK VA ZARGARLIK” festivalini yuqori darajada o’tkazish maqsadida qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Tayyorgarlik ishlari doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan festival o’tkaziladigan hudud elektr energiyasi ta’minotining mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlash uchun vazifalar belgilab olingan bo’lib, barcha zaruriy choralarni amalga oshirish ishlariga kirishilgan. Tayyorgarlik jarayonlarida qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilib, kabel tarmoqlari tortilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJ hisobidagi yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda belgilangan yillik reja jadvali asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobidagi yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda belgilangan yillik reja jadvali asosida jamiyat tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlar xodimlari tomonidan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari doirasida podsatansiyalardagi texnik-uskunalarning sozligi ko’rikdan o’tkazilmoqda va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Shuningdek, podstansiyalar maydoni tozalanib, elektr qurilmalari bo’yoqdan chiqarilmoqda va podstansiya hududining estetik holati yaxshilanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Abdurauf Fitrat” mahallasi hududidagi o’nlab ko’chalar elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.

Ishlab chiqilgan manzilli Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda elektr tarmoqlarini yanada modernizasiya qilish va yangilash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, Buxoro shahar “Abdurauf Fitrat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 150dan ziyod mustahkam temir-beton tayanchlar tiklandi. Shuningdek, 8000 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellarini tortish hamda 1 dona qo’shimcha transformator punktini o’rnatib, ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan SIP kabellarni tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoroda rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda VGT tipidagi, zamonaviy 110 kV kuchlanishga moslashgan elegazli o’chirgichlar o’rnatilib, ishga tushirildi.

Buxoroda rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda VGT tipidagi, zamonaviy 110 kV kuchlanishga moslashgan elegazli o’chirgichlar o’rnatilib, ishga tushirildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” information dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

👉Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energetikasi sohasida 42 yil mehnat qilgan, 97 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi.

9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbari hamda jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1925 yilda tavallud topgan Qarshiyev Norboy boboning fayzli xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar.

Jamiyat rahbari Bahodir Hayotov Norboy boboni yanqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan qizg’in tabriklab, samimiy suhbat qurdi. Nuroniy otaxon 42 yil davomida viloyat elektr energetikasi sohasida ishlagan vaqtlarini juda ko‘tarinki ruhda esga oldi.

Uchrashuv yakunida Norboy boboga mustakam sog‘lik, kuch-quvvat, uzoq va mazmunli umr tilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Umumxalq xayriya hashari bugun barchamizni birdamlik va ahillikka birlashtirdi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida mahallalar va xonadonlar ozodaligiga hissa qо‘shish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qо‘llab-quvvatlash maqsadida respublikamiz bо‘ylab “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida о‘tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol qatnashmoqda.

Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, daraxtlar ostini yumshatish va oqlash kabi ishlarni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati