Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 avgust soat 23:00dan 3 avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCQmHfhMwOSG383fq3YL0qHw) | Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/)

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayns nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Vobkent hamda Jondor tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan joylarda uchrashuvlar o’tkazildi hamda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha batafsil tushintirishlar berildi.

Shuningdek, har haftaning dushanba kuni tuman elektr ta’minoti korxonalarida “Korrupsiyani oldini olish hamda unga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat soatlarini o’tkazish bo’yicha kelishib olindi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Obod mahalla” Davlat dasturi asosida yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturiga binoan, elektr energiyasi iste’molchilariga sifatli va uzluksiz elektr quvvatini yetkazib berish maqsadida modernizatsiya va yangilash ishlari davom ettirilmoqda. Mahallada bugungi kunga qadar loyiha asosida 400 donadan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja jadvali bo’yicha 110 hamda 35 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida tarmoqlar navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilmoqda va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energetika vazirligi: Vaqtinchalik choralar keng ko‘lamli muammolarni oldini oladi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi iste’molchilar e’tiborini joriy haftada haroratning me’yordan oshib ketishi tufayli elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizib ketishi qayd etilayotgani, bu esa tarmoqda jiddiy nosozliklarga olib kelishi mumkinligiga qaratadi.

Asosan ochiq quyoshda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari bugungi kunda ularning ishlashi uchun mo‘ljallanmagan haroratgacha qiziydi. Juda yuqori harorat ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha ravishda, ayniqsa kunduzi, elektr uzatish tarmoqlarining nosozlik holatiga elektr energiyasi iste’molining favqulodda o‘sishi ta’sir qiladi.

Bunday holatda, har qanday vaqtda elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizishi va iste’molning o‘sishi tizimda katta hajmdagi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lib, bu esa elektr ta’minotini normallashtirish uchun sezilarli vaqtni (bir kun yoki undan ko‘proq) olishi mumkin.

Energotizimda keng ko‘lamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish uchun zarur choralar ko‘radi. Xususan, ma’lum ko‘rsatkichlar kritik darajaga yaqin bo‘lgan holda, ayrim turar-joy binolari va sanoat ob’ektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzib turish kerak bo‘ladi.

Ko‘rsatkichlar normallashtirilganda, dispetcherlik xizmati ushbu ob’ektlarni darhol elektr ta’minotiga ulaydi.

G‘ayritabiiy yuqori haroratning yaxshilanishi barqaror elektr ta’minotini normallashtirishga yordam beradi.

Shu munosabat bilan, iste’molchilar tarmoqdagi keng ko‘lamli nosozliklarni oldini oladigan, vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan bunday choralar zarurligini tushunishlari muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy

#OBOD_MAHALLA #QOROVULBOZOR TUMANI

Har qanday ob-havo sharoitida o’z mehnat vazifasini bajarib kelayotgan elektr energetikasi xodimlari bugungi yozning jazirama kunlarida ham qurilish va montaj ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida tumanning “Navbahor” MFY hududlarida o’rnatilgan tayanchlarga zamonaviy SIP kabellarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda elektr energiyasi iste’molchilarini yangilangan havo tarmog’iga ulash ishlari bajarilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Anomal issiq tufayli ayrim hududlardagi elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi ta’minlanmoqda

Ma’lumki, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel’ tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortishi kuzatilib nosozliklar kelib chiqmoqda.

Ushbu elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.

Ana shunday anomal issiq natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@minenergy_uz
▶️@prminenergy

Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda

Elektr energetikasi sohasi vakillari barcha turdagi iste’molchilarga mustahkam hamda ishonchli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida tun-u kun, yozning jaziramasi-yu qishning qahratonida ham xalq xizmatidagi insonlardir. Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tizim vakillari duch kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlarning oldini olish, ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida joylarda o’quv-amaliy mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Batafsil “Buxoro” telekanali orqali efirga uzatilgan “Maxsus reportaj” dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati