Author: hetk
Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!
Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:
mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O’quv-seminari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qabul qilgan hujjatlarini ijro holati va ularning ijrosi bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolar yechimi bo’yicha o’quv-seminari o’tkazildi. Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlariga Buxoro viloyati adliya boshqarmasi ikkinchi darajali yuristi S. Baqoyev tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi va seminar yakunida xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Oʼquv-seminarlari oʼtkazilmoqda..
Ish jarayonlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida joriy yil tizimda sodir boʼlgan baxtsiz hodisalarni sabablari “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari bilan qayta ishlab chiqilib, shu asosida oʼquv-seminarlari oʼtkazilmoqda. Shuningdek, himoya vositalari ko’rikdan o’tkazilib, yaroqsiz ximoya vositalari yangisiga almashtirilmoqda.
Xodimlarga ish jarayonlarida yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar toʼgʼrisida “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati” mutaxassislari tomonidan tushintirishlar berilib, ishchi xodimlar ogohlik va hushyorlikka chaqirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Ko’rik o’tkazilmoqda
Avval xabar berganimizdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori tomonidan joylarga chiqib hududlardagi podstansiyalarning holati birma bir ko’rikdan o’tkazilmoqda. Bugun, kun davomida Buxoro, Kogon hamda Qorovulbozor tumanlaridagi podstansiyalarning holati o’rganildi va aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf qilish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
Ko’rik o’tkazilmoqda
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori tomonidan joylarga chiqib, hududlardagi podstansiyalarning holati birma bir ko’rikdan o’tkazilmoqda. Ko’rik davomida podstansiyalardagi elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf qilish bo’yicha mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
O’rganishlardan asosiy maqsad viloyatimizdagi elektr energiyasi iste’molchilarini har qanday ob-havo sharoitida barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iboratdir.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
35/6 kV podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Zarafshon” hamda “Yomonjar” 35/6 kV podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi va sinovdan o’tkazildi. Shuningdek, podstansiyaning estetik holati yaxshilandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Buxoro viloyatida yashil energiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish hamda “Quyoshli xonadon” dasturi bо‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida “О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi orqali lavha efirga uzatildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati