Joylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” maqsadida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, tizimda korrupsion holatlarga yo’l qo’yilishi aslo kechirilmasligi alohida ta’kidlandi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi uqtirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumida aholini barqaror energoresurslar bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda energetika tizimi korxonalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Jarayonlar “О‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida:

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Olot tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 avgust soat 00:00dan 3 avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Moxixossa-1” 35 kVli havo elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Mutaxassislar balandligi 25 metrgacha bo’lgan temir burchakli tayanchlarga chiqib, joriy ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxoro viloyati prokurorining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tashrifi

Buxoro viloyati prokurori “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tashrif buyurdi. Mahmud Istamov dastlab, Dispetcherlik xizmati va Call markazida bo’ldi va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatma berdi. Shuningdek, “Billing markazi”da bo’lib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko’zdan kechirdi hamda tizim imkoniyati va afzalliklari iste’molchilar misolida tahlil qilindi. Yakunda, sohada hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar bo’yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

Issiq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning sezilarli darajada ortishi taqsimlash qurilmalarida yuklama oshib, texnik qurilmalardagi haroratning belgilangan me’yordan ko’tarilib ketishiga olib kelmoqda. Viloyatimizda kuzatilayotgan jazirama issiq ob-havo sharoitida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda. Hududlardagi podstansiyalarning holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda va sovutish qurilmalari o’rnatilib, ishga tushirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati