Xalqimizga_tunu_kun_xizmatdamiz



Energetiklar mashaqqatli va sharafli kasb egalari, kechayu kunduz xalq xizmatidagi insonlardir.
Qadrli energetiklar barchangizga bugungi ayyom muborak bo’lsin!
«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati



Energetiklar mashaqqatli va sharafli kasb egalari, kechayu kunduz xalq xizmatidagi insonlardir.
Qadrli energetiklar barchangizga bugungi ayyom muborak bo’lsin!
«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

Askarov Asrorjon Akramovich — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
A. Askarov bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.





“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda energiya sotish masalalari bo‘yicha yangi tuzilayotgan dalolatnomalarni hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, elektron shakllantirishning, “E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha “HET” AJ Axborot ta’minoti va innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o’tkazildi. Seminarda “E-Dalolatnoma” tizimining joriy holatdagi shakli, ushbu tizimni joylarda joriy etish bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimning avzalliklari, uning imkoniyatlari va uni ishlatish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Yakunda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi o‘quv seminari qatnashchilarining savollariga javob berildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati






«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni yashil energiya manbalari, xususan, quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan hamda unga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.
Bu borada hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati






«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.



Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarda kuzatilayotgan avariyali uzilishlarni bartaraf qilish uchun barcha hududlarda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan holda ish jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, bosqichma bosqich qayta tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

⚡️ Jondor tumani aholisi va tadbirkorlarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati



Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Olot tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini Balxibobo qishlog’i aholisining eskirgan simyog’ochlarni yangilash borasida qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 5 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati