“Strelkov” 110/10 kV podstansiyasining quvvati oshirilmoqda.

Buxoro viloyati aholisi hamda ishlab chiqarish korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “Strelkov” 110/10 kV podstansiyasining quvvatini oshirish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yuqori quvvatdagi kuch transformatori va barcha texnik qurilmalari keltirildi. Mazkur podstansiyaga 2 dona 63 000 kVAli kuch transformatorini olib kelib, o’rnatish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan yillik reja grafigi asosida yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan yillik reja grafigi asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Uchlik” 110/10 kV hamda “Jumabozor” 35/10 kV podstasniyalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyalarda obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

KORRUPSIYA ILLATIGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish masalalari to’g’risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyati prokuraturasi mas’ullari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashgan tadbirda viloyatda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “O’zbekiston” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar salqi simlarni tortish, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr energetikasi sohasida 42 yil mehnat qilgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umumiy masalalar bo’yicha direktori va Kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi 9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1925 yilda tug’ulgan Qarshiyev Norboy boboning fayzli xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar va bugungi bayram bilan tabriklab, samimiy suhbat qurdilar. Suhbat davomida nuroniy otaxon uzoq yillar davomida viloyat elektr energetikasi sohasida ishlagan vaqtlarini juda ko‘tarinki ruhda esga oldi va ish davomida bo’lib o’tgan qiziqarli voqealarni so’zlab berdi.
Uchrashuv yakunida Norboy boboga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, uzoq va mazmunli umr tilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Joylarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni qabul qilingan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204 sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda. Uchrashuvda qarorning mazmun mohiyati batafsil tushuntirilib, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Kogon tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Ikkilik” 110/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” doirasida korxona Kasaba uyushmalari qo’mitasi va Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga milliylikni asrash, o’zbekona kiyinish madaniyati, xon atlas va adrasning kelib chiqish tarixi hamda shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jamiyat xotin-qizlari tadbirga ko’tarinki kayfiyatda faol ishtirok etishdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qaror mohiyati yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kunida “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbirda so’z olganlar elektr energiyasi, gaz tariflariga kiritilgan o’zgartirishlar haqida to’xtalib o’tishar ekan, shubhasiz, ulardan oqilona va samarali foydalanish, energotejamkor jihozlarni o’rnatgan holda tejash, kelajak avlodning ham tabiiy energiya resurslariga haqqi borligi haqida tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yakunda fuqarolarni qiziqtirgan masalalar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar xodimlari tomonidan tushuntirish berildi va maxsus tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati