Boshlang‘ich kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida mehnat jamoasining konferensiyasi tashkil etildi





“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Boshlang‘ich kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida mehnat jamoasining konferensiyasi tashkil etildi.
Konferensiyada 2026–2028-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini tasdiqlash va qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish ishtirokchilari jamoa shartnomasiga ishchi xodimlar manfaatlarini himoya qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya kafolatlarini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash borasida kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. 2026–2028-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi konferensiya delegatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi
Aytish o’rinliki, jamoa shartnomasi ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


































