Murojaatlar o’z yechimini topmoqda
Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Temirchi” mahalla fuqarolar yig’ini Boylar qishlog`ida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga asosan, aholining elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 7 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatildi. Shuningdek, 400 metr uzinlikdagi SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati