“Obod mahalla” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ tasarrufidagi Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Shohnigor” MFY hududlarida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu mahalladagi elektr energiyasi iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 250 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatib berildi.

Shuningdek, 87 dona temir-beton tayanchlarni o‘rnatib, 4.5 km uzunlikdagi 0.4 kVli hamda 0.7 km uzinlikdagi yuqori kuchlanishdagi havo tarmog‘ini qurib, zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari rejalashtirilgan. Hozirda mustahkam temir-beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ham “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida keng ko‘lamli modernizasiya va yangilash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kunlarda tumanning “Qoqishtuvon” MFY hududidagi “Qoqishtuvon” qishlog‘ida qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Qishloq aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatildi. Shuningdek, dastur asosida 32 dona temir-beton tayanchlari qurish, 1 km uzunlikdagi 0.4kVli havo tarmog‘iga zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshiriladi. Hozirda temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan esa “Obod mahalla” davlat dasturi bo‘yicha tumanning “Tun-yiroq” MFY hududlarida rekonstruksiya va yangilash ishlari bajarilmoqda. “Tun-yiroq” mahallasi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 1 dona 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatilib 2 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi va reja asosida 49 dona mustahkam temir-beton tayanchlarni qurish ishlari yakuniga yetkazildi. Shuningdek, mahallada 450 metr uzunlikdagi 10 kVli havo tarmog‘i qurish, 1.8 km uzinlikdagi 0.4kVli havo tarmog‘iga zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshiriladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Accessibility