Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shaharning “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidagi “Mirzo Usmon” ko‘chasi hamda “Sifat Muniy” MFY hududidagi “A.Somiy” ko‘chasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi №146 va №1021 sonli transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarga kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib bergan holda mavsumni bekami-ko‘st o‘tkazishdan iboratdir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Accessibility