“Buxoro HETK” AJda “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rigi oyligi munosabati bilan o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.

Sir emaski inson mehnati muhofazasi bugungi davrning eng dolzarb masalasi sifatida e’tirof etiladi. Inson qaysi soha vakili bo‘lishi va qanday lavozimda faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar “Xavfsizlik texnikasi” qoidalariga so‘zsiz amal qilishi, o‘zi va yakinlarining hayoti hamda sog‘ligiga befarq bo‘masligi bugungi zamon talabidir. Har bir shaxs xavfsizlik qoidalariga amal qilishi, unga itoat qilishi orqali nafaqat o‘zini, balki o‘zi orqali oila a’zolari va yaqinlarini turli xildagi baloyu-ofatlardan saqlab qolgan bo‘ladi.

Energetika tizimida 2020 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrigacha “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv mashg‘uloti maydonchasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. Musoboqa tarzida tashkil qilingan ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotda tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tajribali hamda yosh mutaxassislaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigada a’zolari tashqi ko‘rinishi, himoya vositalarining belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’minlanganligi va ularning xolati, transformator punktlaridagi saqlagichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va almashtirish ishlarini olib borish, havo tarmog‘ida elektr toki ta’siriga tushgan jabrlanuvchini qutqarish va jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish tartibi, transformator punktlarida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirish tartibi kabi 4 bosqichdan iborat shartlar asosida bellashishdi va o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.

Bajarilayotgan har bir shart “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlari hamda jamiyatning yetuk mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borildi hamda yo‘l qo‘yilgan har qanday xato va kamchiliklar inobatga olinib baholab borildi.

Shartlarni xatosiz bajarib, yuqori ballarni qo‘lga kiritgan tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalarining xodimlaridan iborat jamoalar orasidan kuchlilari saralandi va kuchli uchlik vakillari Kasaba uyushmasi qo‘mitasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Accessibility