“Buxoro HETK” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining tashabbusi bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi. Ushbu tashkil etilgan ustoxonada TN-19, TM1-1, TM-4, M-16, M-1, UkPP M-11 va M-8 markadagi traverslar tayyorlanishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida davlat dasturlari ehtiyojlarini to‘liq qoplash ko‘zda tutilgan. Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangidan qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2661-son qarori hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida yuqorida ko‘rsatilgan markadagi travers turlari bo‘yicha 2020 yilda ehtiyoj 23 000 donani tashkil etmoqda. Metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasini mahalliylashtirib, ishga tushirish orqali jamiyatning moliyaviy holati uchun yillik 839,5 mln.so‘mdan ortiq sof foyda olishga hamda olingan foydani kelgusi yil ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati