Aziz va muhtarama ayollar, dilbar qizlar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ nomidan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.
Ayollar jamiyatimizning mehr-oqibat, go‘zallik va ezgulik timsolidir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz, donoligingiz va hayotga bo‘lgan mehringiz jamiyatimiz taraqqiyoti hamda farovon kelajagimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, ish va hayotingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.

