Kiberxavfsizlik – bugunning eng muhim masalasi



Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda kiberxavfsizlikni ta’minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan «Buxoro HETK» AJda «Kiberxavfsizlik markazi» DUK yetakchi mutaxassisi ishtirokida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari, ularni aniqlash va oldini olish mexanizmlari hamda xalqaro tajriba haqida ma’lumotlar berildi.
💻 Tadbir davomida kiberhujumlarning eng ko‘p uchraydigan turlari tahlil qilinib, amaliy misollar asosida xavfsizlik choralarini kuchaytirish yo‘llari tushuntirildi.
Interaktiv ruhda tashkillashtirilgan seminar qatnashchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlash imkonini berdi.

