⚡️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Shu doirada hududdagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik jarayonida transformatorlarning texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu esa sovuq kunlarda ham aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishiga xizmat qiladi.

Asosiy maqsad – iste’molchilarni elektr ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va qulay sharoit yaratishdir.