Yangirabotda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

Iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Davlat dasturlari asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida keng ko’lamli modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, viloyatimizning G’ijduvon tumanidagi bir qator massivlarda elektr uzatish tarmoqlari tortilib, yangi transformator punktlari ishga tushurildi. Xuddi shunday tumanning “Zarafshon” MFY Yangirabod qishlog’ida ham qizg’in ish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ayni damda hududga 20 dan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari olib kelingan bo’lib, maxsus texnikalar yordamida rostlanmoqda. Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini qurish va 1000 metr uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari rejalashtirilgan.