Daily Archives: 15.07.2021

Loyihalash guruhi keng va yorugʼ, barcha qulayliklarga ega toʼla taʼmirlangan xonada ish boshladi.

Bugungi kunda “Buxoro HETK” АJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodimga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Darhaqiqat, soʼnggi yillarda boʼlim va xizmatgohlar xonalarini toʼla taʼmirlab, zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlash hamda shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarining maʼmuriy binolarida birma-bir mukammal taʼmirlash ishlari bajarilmoqda va xodimlarning zamonaviy, shinam xonalarda mehnat qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xuddi shunday yangilanishlardan yana biri Loyihalash guruhi uchun ham amalga oshirilib, guruh uchun ajratilgan xona toʼla taʼmirdan chiqarildi. Ushbu xona guruh faoliyati uchun kerakli, yuqori modifikatsiyadagi kompyuter va printer qurilmalari hamda zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlangan. Shuningdek, kompyuterlarda kerakli dasturiy komplekslar oʼrnatilgan boʼlib, ular internet tarmogʼiga ulangan.

“Biz yaratib berilgan imkoniyat va qulayliklardan xursandmiz, bu bizning kuchimizga kuch, gʼayratimizga gʼayrat qoʼshadi” –deydi guruh rahbari, uzoq yillar davomida sohada xizmat qilib kelayotgan, koʼplab yetuk mutaxassis xodimlar yetishib chiqishida oʼz hissasini qoʼshgan, ustozimiz Rahmon Rayimov.

Аlbatta bu kabi mehnat sharoitlari xodimlarda mamnunlik hissini uygʼotishi bilan birgalikda, oʼz zimmalaridagi vazifalarni masʼuliyat bilan ado etishga undaydi va mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati

>>
Accessibility