Daily Archives: 11.09.2020

Viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, viloyatda ASKUE tizimining joriy etilishi va “Buxoro HETK” AJning ish faoliyati bilan tanishishdi.

“Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyatda energetika sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqilgan dasturlar hamda loyihalarning joylardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, bu boradagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar doirasida viloyat aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasi ta’minoti masalalari tahlil qilindi.

Xususan, Buxoro viloyatida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni to‘la tadbiq qilish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, “Buxoro HETK” AJning bosh direktori hamda mutaxassis xodimlari tomonidan viloyat miqyosida o‘tgan davr mobaynida bu borada olib borilgan keng ko‘lamdagi sa’y-harakatlar hamda ushbu tizim orqali iste’molchilarga yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda erishilishi kutilayotgan iqtisodiy samaradorliklar xususidagi taqdimot bilan tanishdilar.

Shuningdek, viloyat rahbarlari jamiyatning “Tezkor dispetcherlik xizmati” hamda yaqinda tashkil etilgan “Call markazi” faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar, shu bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘zlarining tavsiya va topshiriqlarini berdilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

>>
Accessibility