Day: 26.03.2026
BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ



Korrupsiyaning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik jamiyat taraqqiyoti va adolatli boshqaruvni ta’minlashda muhim omillardan biridir. Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan xodimlar orasida doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, xodimlar o‘rtasida muntazam ravishda suhbatlar va seminarlar tashkil etilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning huquqiy javobgarligi, jamiyatga yetkazadigan zarari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bunday tadbirlar orqali xodimlarda halollik, shaffoflik va mas’uliyat hissini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot materiallari tayyorlanib, xodimlar va keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.
Mazkur choralar har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va sog‘lom ish muhitini yaratishga xizmat qiladi.


