⚡️ Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi



Soha xodimlarining korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish, ular o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Buxoro bo’linmasi tuman, shahar energosotish bo’limlari boshliqlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularni rasmiyalshtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi.

