KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda jamiyat rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, korxonada odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishi masalalariga bag‘ishlab, kengaytirilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir korrupsiyaning oldini olish uchun tashkilot faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xizmat faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.